Xalq banki bilan memorandum
Federatsiya va Xalq banki ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi.
Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi va Xalq banki ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatni bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari D. Qutliyev va federatsiya raisi A. Rustambayev imzoladi.
Memorandum bank xodimlari va mijozlari oʻrtasida poloni rivojlantirish, musobaqalar tashkil etish, iqtidorli sportchilarni saralash va professional darajada tayyorlash hamda aholi uchun xalqaro musobaqalar oʻtkazishni nazarda tutadi.