Milliy gvardiya qoʻmondoni kubogida Mixail Rodzyanko
Rossiyaning koʻp karra chempioni turnirda federatsiya mehmoni boʻldi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni kubogi” turnirida Rossiyaning koʻp karra chempioni, 3 gol gandikapga ega Moskva polo klubi oʻyinchisi Mixail Rodzyanko mehmon sifatida ishtirok etdi.
Mixail Rodzyanko Moskva klubining polo akademiyasiga rahbarlik qiladi, otlarni koʻpaytirish va oʻyinchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadi. Federatsiya tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va Oʻzbekistonda poloni rivojlantirishda hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.