“Yakkasaroy” ayollar jamoasi tashkil etildi
Toshkentning Yakkasaroy tumanida yangi ayollar polo jamoasi taqdim etildi.
2025-yil 23-iyul kuni Toshkentdagi “Doʻstlik” bogʻida “Yakkasaroy” ayollar polo jamoasi taqdim etildi. Jamoa qizlar oʻrtasida poloni rivojlantirish maqsadida tuman hokimi Nilufar Allabergenova tashabbusi bilan tuzildi.
Taqdimotda federatsiya raisi Aziz Rustambayev hamda jamoa tayyorgarligiga jalb etilgan federatsiyaning argentinalik maslahatchilari Joaquin Spilmann va Bautista Luisetti ishtirok etdi.