Milliy gvardiya va “Adolat” partiyasi bilan memorandum
Poloni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb etish boʻyicha memorandum.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum poloni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Marosimda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov, federatsiya raisi Aziz Rustambayev hamda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva ishtirok etdi.
