Barcha yangiliklar08.09.2025Turnirlar

Navoiyda yoshlar oʻrtasida polo musobaqasi

Navoiy viloyatida 70 nafar yosh chavandoz bellashdi.

Milliy gvardiya Navoiy viloyati Chavandozlar maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida polo boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada Navbahor, Qiziltepa, Karmana, Nurota tumanlari va Navoiy shahridagi ot sporti seksiyalarining 70 nafar oʻquvchi-sportchisi ishtirok etdi. Gʻoliblar kubok, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi