---
title: "Milliy gvardiya va “Adolat” partiyasi bilan memorandum · Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi"
description: "Poloni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb etish boʻyicha memorandum."
url: https://www.uzpolo.uz/uz/news/trilateral-memorandum-2026/
language: uz-Latn
alternates:
  uz-Latn: https://www.uzpolo.uz/uz/news/trilateral-memorandum-2026/
  ru: https://www.uzpolo.uz/ru/news/trilateral-memorandum-2026/
  en: https://www.uzpolo.uz/en/news/trilateral-memorandum-2026/
---

[Barcha yangiliklar](https://www.uzpolo.uz/uz/news/)20.07.2026 Federatsiya

# Milliy gvardiya va “Adolat” partiyasi bilan memorandum

Poloni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni sportga jalb etish boʻyicha memorandum.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum poloni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Marosimda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov, federatsiya raisi Aziz Rustambayev hamda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva ishtirok etdi.

[Instagramdagi asl post ↗](https://www.instagram.com/p/DbAWmW3IpRl/)

![Toshkentda uch tomonlama memorandum imzolanmoqda](https://www.uzpolo.uz/_astro/trilateral-memorandum-signing.CRshgBLp_Z1m9Qc1.jpg)

Toshkentda uch tomonlama memorandum imzolanmoqda

Boshqa yangiliklar

-   [02.07.2026 Toshkentdagi universitetda polo klubi ochildi](https://www.uzpolo.uz/uz/news/university-polo-club/)

```json
{"@context":"https://schema.org","@type":"SportsOrganization","@id":"https://www.uzpolo.uz/#organization","name":"Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi","alternateName":["Федерация поло Узбекистана","Uzbekistan Polo Federation","UPF"],"sport":"Polo","foundingDate":"2020-10-10","areaServed":{"@type":"Country","name":"Uzbekistan"},"memberOf":{"@type":"SportsOrganization","name":"Federation of International Polo"},"url":"https://www.uzpolo.uz/","logo":"https://www.uzpolo.uz/logo-512.png","sameAs":["https://www.instagram.com/uzpolo.uz/"]}
```

```json
{"@context":"https://schema.org","@type":"NewsArticle","headline":"Milliy gvardiya va “Adolat” partiyasi bilan memorandum","datePublished":"2026-07-20T00:00:00.000Z","inLanguage":"uz","publisher":{"@type":"SportsOrganization","name":"Oʻzbekiston Polo Federatsiyasi","url":"https://www.uzpolo.uz/"}}
```
